«MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN» TANLOVI NATIJALARI
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- «MEN GIYOHVANDL...
- 12.04.2025
- 12:07
- 326

#TANLOV #NATIJALAR #TABRIKLAYMIZ
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilingan edi.
✍️ Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
➡️Adabiyot yo‘nalishi: she’r, hikoya, esse, dramatik asar va insholar;
➡️Tasviriy san’at yo‘nalishi: plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel va boshqa san’at turlari.
➡️Foto yo‘nalishi: Foto hikoyalar.
🔹 Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi talabalar 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘l oldi:
➡️Adabiyot yo‘nalishi: Sattixo‘jayev Qahramon Saydxon o‘g‘li — Yuridik fakulteti;
➡️Tasviriy san’at yo‘nalishi: Usmonova Malika Yunusxon qizi — Pedagogika fakulteti;
➡️Foto yo‘nalishi: Fazliddinova Lola Shokir qizi — Iqtisodiyot fakulteti talabasi
🎁 Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
↪️Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi g‘oliblari BHMning 2 barobari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
↪️Respublika bosqichida g‘oliblari 6 million so‘m pul mukofoti, diplom va statuetka bilan taqdirlanadi.
👏 G‘olib bo‘lgan talabalarimiz universitet jamoasi nomidan tabriklab, keyingi respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!
🔹 Namangan davlat universiteti axborot xizmati