Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Oliy ta’lim, fa...
- 12.04.2025
- 11:17
- 265

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi!
✍️ Tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar:
➡️Adabiyot yo‘nalishi: she’r, hikoya, esse, dramatik asar va insholar;
➡️Tasviriy san’at yo‘nalishi: plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel va boshqa san’at turlari.
➡️Amaliy san’at yo‘nalishi: naqqoshlik, o‘ymakorlik, qo‘lda ishlangan buyumlar.
➡️Foto yo‘nalishi: Foto hikoyalar (suratlar soni 10 tadan oshmasligi kerak).
🏆 Tanlov 2 ta bosqichda o‘tkaziladi:
↪️Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi;
↪️Respublika bosqichi.
📌 Batafsil tanlov nizomi (https://drive.google.com/file/d/1h9vTR1lBpAR39-lTGBmOgSXepCni4UCB/view?usp=sharing)
🎁 Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
↪️Oliy ta’lim tashkiloti bosqichida g‘oliblari BHMning 2 barobari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
↪️Respublika bosqichida g‘oliblari 6 million so‘m pul mukofoti, diplom va statuetka bilan taqdirlanadi.
🔹 Adabiyot yo‘nalishi boyicha tanlov 7-aprel 14:00 da Loladagi 1-bino Mustaqil ta'lim markazida bo‘lib o‘tadi.
🔹 Ijodiy ishlarni topshirishni so‘ngi muddati 8-aprel soat 15:00 ga qadar.
📑 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.
🔹 Namangan davlat universiteti axborot xizmati